5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga ōqişga kiriş uçun qabul boşlanadi

05/06/2025

Prezidentning PF-81-son Farmoniga (https://lex.uz/uz/docs/-6937332) muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqiçda — “avval test, sōng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oşiriladi.

🔹1-bosqiçda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun my.uzbmb.uz saytida onlayn rōyxatdan ōtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🟢Faqat test sinovida iştirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅taʼlim tili;
✅test topşiriş hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yōnalişlari bōyiça kasbiy/ijodiy imtihonlarda iştirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topşiriş hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yōnalişi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topşiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kiriş imtihonlari iyul-avgust oylarida ōtkaziladi.

🔸2-bosqiçda abituriyentlar kiriş imtihonlari tōliq yakunlanganidan sōng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yōnalişi;
➡️taʼlim şakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida tōplagan ballarini imtihon ōtkazilgan kunning ertasiga bilişi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqiçi tōliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

✔️ Texnikumlarda ōqiş istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan sōng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢taʼlim şakli.

🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratiş maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barça oliy taʼlim muassasalarida “Qabul-2025” ştabi faoliyati yōlga qōyildi.

Bundan taşqari, fuqarolarimiz Vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 işonç telefoni yoki @EduuzUniversalBotʼga murojaat qilgan holda ōzlarini qiziqtirgan savollariga javob olişlari mumkin.