1-son TTJda yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

09/09/2026
8 sentabr kuni DTPIning 1-son talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qilayotgan talaba yoshlar bilan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.



Unda talabalarning TTJdagi yashash sharoitlari, ichki tartib-intizom, kun tartibi va jamoat joylaridan foydalanish madaniyati bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.

Talabalar turar joyi nizomi talablari asosida zarur tushuntirishlar berilib, ularning huquq va majburiyatlari, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, xona va umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalarga TTJda ular bilan ishlash, kundalik faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tarbiyaviy masalalarda ko‘maklashishga mas’ul TTJ tarbiyachisi N.X.Shukurov tanishtirildi.

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadamdir!