Zulfiyaxonim izdoşlari saralandi

23/10/2025

✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar uçun saralaş bosqiçi bōlib ōtdi.

🌟 Tanlovda mukofotga daʼvogar, ōn tōrt yoşdan ōttiz yoşgaça bōlgan iqtidorli qizlar adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim, madaniyat, axborot texnologiyalari, sport va jamoatçilik yōnalişlarida ōz isteʼdod va mahoratlarini namoyiş etdilar.

🏅 Iştirokçilarning ijodiy işlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni biliş darajasi, kōrik-tanlovlardagi faol iştiroki, şuningdek, isteʼdodini bir neçta yōnalişda namoyon eta oliş qobiliyati hakamlar tomonidan munosib baholandi.

💐 Tanlovning uşbu bosqiçi yoş avlod orasida ijodkorlik, faollik va Vatanga muhabbatni kuçaytiriş, Zulfiyaxonimning boy adabiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalaş yōlida muhim qadamlardan biri bōldi.