Yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallaş: muammo va uning huquqiy yeçimlari

17/04/2026

Bugungi kunda yer resurslaridan oqilona foydalaniş davlat siyosatining ustuvor yōnalişlaridan biri hisoblanadi. Şunga qaramay, ayrim holatlarda yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallaş holatlari uçrab, bu esa qonun ustuvorligiga, fuqarolarning huquq va manfaatlariga hamda iqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsir kōrsatmoqda. Yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallaş deganda, tegişli ruxsatnomalarsiz, davlat organlarining qarorisiz yoki qonuniy asoslar bōlmagan holda yer maydonlaridan foydalaniş yoki uni egallab oliş tuşuniladi. Bunday harakatlar kōpinça noqonuniy qurilişlar, yer maydonlarini ōzlaştirib oliş yoki boşqa maqsadlarda foydalaniş şaklida namoyon bōladi. Mazkur huquqbuzarlikning asosiy sabablari sifatida aholi ōrtasida huquqiy ong va madaniyatning yetarli darajada şakllanmaganligi, yer ajratiş tartiblarining murakkabligi, şuningdek, ayrim hollarda nazorat mexanizmlarining sustligi kōrsatib ōtiladi. Bundan taşqari, iqtisodiy manfaatdorlik ham uşbu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilişiga turtki bōlayotgan omillardan biridir. Amaldagi qonunçilikka kōra, yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallaş uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, bunday harakatlar uçun jarimalar, noqonuniy qurilmalarni buzdiriş, yer uçastkasini qaytariş kabi çoralar qōllaniladi. Agar uşbu harakatlar oḡir oqibatlarga olib kelsa yoki takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlik ham yuzaga keladi. Mazkur muammoning oldini oliş uçun bir qator çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhimdir. Avvalo, yer ajratiş jarayonlarini soddalaştiriş va şaffofligini taʼminlaş zarur. Şu bilan birga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yer hisobi va nazorat tizimini takomillaştiriş lozim. Aholi ōrtasida huquqiy tarḡibot işlarini kuçaytiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi. yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallaş jamiyat va davlat manfaatlariga zid bōlgan huquqbuzarlik hisoblanadi. Uşbu illatga qarşi kuraşişda qonun ustuvorligini taʼminlaş, javobgarlik çoralarini muqarrar qōllaş hamda profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş muhim ahamiyatga ega. Xususan Ōzbekiston Respublikasi JKning 2291-moddasida, yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallab oliş bōyiça javobgarlik asoslari keltirilgan bōlib, uşbu moddaning birinçi qismida, yer uçastkalarini ōzboşimçalik bilan egallab oliş, şu jumladan uşbu yer uçastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bōlmagan holda ulardan foydalaniş, xuddi şunday harakatlar uçun maʼmuriy jazo qōllanilganidan keyin sodir etilgan bōlsa javobgarlik keltirib çiqaradi. Mazkur moddaning 2-qismida, suḡoriladigan yer uçastkalarini ularda quriliş işlarini amalga oşirgan holda ōzboşimçalik bilan egallab oliş kiritilgan. Birinçi marta jinoyat sodir etgan şaxsga nisbatan, agar u ōzboşimçalik bilan egallangan yer uçastkasining qaytarilişini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran ōttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda ōzboşimçalik bilan egallab olişning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qōllanilmaydi. 

Jinoyat işlari bōyiça Denov tuman sudining sudyasi B.M.Diyorov