Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

08/08/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, talaba-yoshlar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish hamda mavjud infratuzilmani yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur jarayonlar doirasida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori R.Shukurov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A.Mengliboyev Pedagogika fakultetining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida fakultetdagi o‘quv auditoriyalari, xizmat xonalari, umumiy foydalanish hududlari, sanitariya holati, obodonlashtirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan bog‘liq boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.