335-nafar yosh mutaxassis—yangi marralar, yangi imkoniyatlar sari!
07/08/2026
🔹DTPIda 2025/2026-o‘quv yilida Filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan 335-nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida bitiruvchilarning ta’lim jarayonida erishgan yutuqlari, ilmiy va ijtimoiy faoliyati alohida e’tirof etildi. Yosh mutaxassislarga fakultet dekani M.Musurmankulova, kafedra professor-o’qituvchilari hamda ota onalar tyutorlar tomonidan kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, kasbiy rivojlanish va yangi marralar tilandi.
Quvonarlisi, fakultet bitiruvchilarining bandligi to‘liq ta’minlanib, ularning egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha mehnat faoliyatini boshlashi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida omad hamda muvaffaqiyatlar tilaydi.