Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya doirasida tashrif buyurgan mehmonlar samimiy kutib olinib, tadbir yuqori saviyada boshlandi. Mazkur xalqaro konferensiya zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni tahlil qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashish, ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.