RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBI TAQDIRLANDI!

16/10/2026


✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

📌 16-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli talaba-yoshlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🎉 Quvonarlisi, tanlovning respublika bosqichida DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs talabasi Sabohat Husanova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

💐 Sabohat Husanovani ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qish va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar tilaymiz.