18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida sayohat tashkil etildi.

19/05/2026

Tadbirda Termiz va Xayraobod garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, “Vatan tayanchi” otryadi yoshlari hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar Termiz san’at va madaniyat muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituting O’lkashunoslik muzeyida bo‘lib, milliy san’ati va madaniy merosini o‘zida mujassam etgan noyob eksponatlar bilan tanishdilar.

Sayohat davomida muzey mutaxassislari tomonidan tarixiy eksponatlarning ahamiyati, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarning milliy tariximiz va boy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash, yoshlarda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.