“USTOZ VA ŞOGIRD” ANʼANALARI

09/10/2025

🔰 Maʼlumki, oliy taʼlim muassasalarida bōlḡusi mutaxassis kadrlarga tarbiyaviy va kasbiy taʼsir kōrsatuvçi ustoz-şogird anʼanalari eng samarali tajribalardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Uşbu anʼana yoşlarni nafaqat ōz sohasining yetuk bilimdoni, barkamol inson sifatida şakllanişida muhim ōrin tutadi.

DTPI Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida ham mazkur anʼana doimiy ravişda qōllanib kelinmoqda. Fakultetda faoliyat olib borayotgan “Tarix va falsafa”, “Axborot texnologiyalari”, “Moliya va bank işi” hamda “Raqamli iqtisodiyot” kafedralarining tajribali professor-ōqituvçilari iqtidorli talabalar bilan bevosita işlamoqda.
Şogirdlarga ōz yōnalişlari bōyiça ilmiy izlanişlar olib boriş, ilmiy maqolalar yoziş, loyihalar işlab çiqiş hamda ōquv jarayonida faol iştirok etiş bōyiça amaliy kōmak berilmoqda.

📌 Mazkur taşabbus yoşlarda ustozlariga hurmat, ilmga muhabbat va fidoyilik ruhini şakllantirişga xizmat qilmoqda.