🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ōzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida taşkil etilayotgan “Mening Ōzbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvçi, ijodkor, isteʼdodli talabalar uçun katta imkoniyat!
✅ Tanlovning maqsadi: ↪️Talabalarda vatanparvarlik tuyḡusini şakllantiriş; ↪️Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etiş; ↪️Ōzbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng tarḡib etiş. 🎥 Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kişilik jamoalar yoki yakka iştirokçilar qatnaşişi mumkin.
📤Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bōlgan va muallifning ōzi videoning kamida 60–70% qismida kōringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondaşuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi
🏆Tanlov ḡoliblari quyidagiça taqdirlanadi: ↪️1-ōrin – 15 million sōm ↪️2-ōrin –12 million sōm ↪️3-ōrin – 10 million sōm ↪️4-ōrin – 8 million sōm ↪️5-ōrin – 5 million sōm
🏆 Tanlovning oliygoh bosqiçi ḡoliblari ōzi tahsil olayotgan taʼlim taşkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan raḡbatlantiriladi.
➡️Tanlov nizomi bilan tanişiş (https://drive.google.com/file/d/1zVs4QdbiIs8aFPB4KY08kgaeocf3L7mx/view?usp=sharing)
Tanlovda iştirok etiş istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat bōlimiga ariza bilan murojaat qilişlari mumkin.