Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan voleybol musobaqasi o‘tkazildi

27/09/2026

▶️ 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan DTPI professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda.

📅 25-sentyabr kuni institutda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Voleybol” sport turi bo‘yicha “Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇 1-o‘rin — Pedagogika fakulteti
🥈 2-o‘rin — Filologiya fakulteti
🥉 3-o‘rin — Ma’naviyat bo‘limi
🏆 Musobaqa g‘oliblari 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy bayram tadbirida munosib taqdirlanadi.

✨ Sport — salomatlik va hamjihatlik garovi!