“Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi” uchun mini futbol musobaqasi o‘tkazildi
27/09/2026
⏭️ 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan DTPI professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida 2026-yil 25-sentyabr kuni erkaklar o‘rtasida “Mini futbol” sport turi bo‘yicha “Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Musobaqada fakultet va bo‘limlardan tuzilgan jamoalar g‘oliblik uchun shiddatli va murosasiz bahslarda ishtirok etdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Ma’naviyat bo‘limi 🥈 2-o‘rin — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 🥉 3-o‘rin — Pedagogika fakulteti
👏 Barcha jamoalarni munosib ishtiroki bilan tabriklaymiz!
🏅 G‘olib jamoalar 30-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy bayram tadbirida Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlanadi.