⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Taʼlim sifati nazorati bōlimi hamda Talabalar amaliyoti bōlimi masʼullari tomonidan Denov tumanidagi 19- va 17-umumiy ōrta taʼlim maktablari, şuningdek, 12- va 46-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlarida talabalar amaliyot jarayonlarini monitoring qiliş işlari olib borildi. Ōrganiş davomida talabalarning dars jarayoniga tayyorgarligi, metodik yondaşuvi, maşḡulotlarni taşkil etiş kōnikmalari hamda amaliyot rejalarining bajarilişi tahlil qilindi.
📌 Monitoring natijalari amaliyot jarayonining tizimli taşkil etilayotganini kōrsatdi. Şu bilan birga, mutasaddilar tomonidan talabalarga amaliyot samaradorligini yanada oşiriş bōyiça tegişli tavsiyalar berildi, pedagogik jarayonni takomillaştirişga doir takliflar muhokama qilindi. Uşbu ōrganişlar kelgusida taʼlim sifati va talabalar amaliy tayyorgarligini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.