🗓 Bugun — 7-iyun, tavallud ayyomi! Bugun — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uçun faxrli va quvonçli kun! Institutimiz rektori, iqtisod fanlari nomzodi, yuksak salohiyatli rahbar va fidoyi ustoz Ruziyev Oybek Abdimōminoviç tavallud ayyomlarini nişonlamoqdalar! 🎉
🎓 Oybek Abdimōminoviç 1975-yil 7-iyun kuni dunyoga kelgan bōlib, bugungi kunga kelib ōzining boy hayotiy tajribasi, çuqur bilim va yuksak rahbarlik salohiyati bilan nafaqat institutimiz, balki butun taʼlim sohasida eʼtirofga sazovor bōlgan uluḡ insondir.
📚 Ustozimizning ilm-fan va taʼlim-tarbiyada olib borayotgan samarali işi, institutimiz taraqqiyotiga qōşayotgan hissalari, yoş avlodni Vatanga sadoqat, bilim va maʼnaviyat ruhida tarbiyalaşdagi xizmatlari beqiyosdir.
🎊 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan Sizni çin dildan tabriklaymiz! Sizga mustahkam soḡlik, uzoq umr, tinimsiz kuç-ḡayrat, yangi zafarlar va bardavom yutuqlar tilaymiz! 🌟 Har doim ezgu işlarda yetakçi bōlib, talaba-yoşlar qalbida ustoz, institutimizda esa ilhom va taraqqiyot timsoli bōlib yurişingizni istaymiz!