Hurmatli professor-ōqituvçilar, xodimlar va aziz talabalar!

31/12/2025

Yangi yil har birimizning hayotimizda yangi sahifa oçadi. U bizni yangi umidlar va uluḡ maqsadlar sari yetaklaydi. 2025-yilda ulgurmagan ilmiy zafarlarga 2026-yilda birgalikda yetişaylik.

Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil yuksak zafarlar, ilmiy yutuqlar yili bōlsin.
Yurtimizning yuksalişi, xalqimizning farovonligi yōlida taʼlim va ilm-fan sohasidagi yutuqlarimiz bilan munosib hissa qōşaylik.

Bu yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi va talabalari uçun omadli, quvonçli va barakali yil bōlsin. Har birimiz yurtimiz oldidagi masʼuliyatimizni yaxşi natijalar bilan ado etaylik.

Bizning maqsadimiz faqat bilim beriş emas, balki yoş avlod qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoiylik,
mehnatsevarlik va halollik kabi yuksak fazilatlarni singdirişdir. Yangi 2026-yilda ezgu niyatlarimizga ortiḡi bilan erişaylik!

Kirib kelayotgan yangi yil ilmiy yutuqlar yili bōlsin!

Hurmat bilan,
O. A. Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori