🖇 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026–2027-ōquv yilini munosib kutib oliş maqsadida talabalarni turar joy bilan taʼminlaş bōyiça amaliy işlar davom etmoqda.
Şu maqsadda institutda taşkil etilgan ştab faoliyati orqali yangi ōquv yilida tahsil oliş uçun keladigan talabalar, ayniqsa, turar joyga ehtiyoji bōlgan yoşlarni aniqlaş, ularni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylaştiriş masalalari muvofiqlaştirilmoqda.
Ştab aʼzolari tomonidan mavjud turar joylar holati ōrganilib, ijara xonadonlari bōyiça maʼlumotlar jamlanmoqda.