Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagidagi talabgorlar diqqatiga!

13/08/2026

IKКINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM OLISH ISTAGIDAGI TALABGORLAR DIQQATIGA!

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga 2026/2027-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun my.edu.uz platformasi orqali ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Talabgorlar uchun suhbatlar 2025-yil 26–27-avgust kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan manzillarda o‘tkaziladi.

📌 Suhbat o‘tkaziladigan sanalar, manzillar va auditoriyalar:

  1. “Psixologiya”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Sariosiyo tumani, Gulobod mahallasi, “Pedagogika” fakulteti binosi, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi, 304-auditoriya.
  2. “Maktabgacha ta’lim” va “Musiqa ta’limi”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Sariosiyo tumani, Gulobod mahallasi, “Pedagogika” fakulteti binosi, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi, 103-auditoriya.
  3. “Boshlang‘ich ta’lim”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Sariosiyo tumani, Gulobod mahallasi, “Pedagogika” fakulteti binosi, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi, 218-auditoriya.
  4. “O‘zbek tili va adabiyoti” hamda “Filologiya tillarni o‘qitish: o‘zbek tili”
    📅 26–27-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, 123-auditoriya.
  5. “Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi, 304-auditoriya.
  6. “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” hamda “Filologiya tillarni o‘qitish: ingliz tili”
    📅 26–27-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi, 122-auditoriya.
  7. “Jismoniy madaniyat”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi, 134-auditoriya.
  8. “Tarix”
    📅 26–27-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Tarix va falsafa” kafedrasi, 322-auditoriya.
  9. “Iqtisodiyot”
    📅 26–27-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi, 224-auditoriya.
  10. “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” hamda “Bank ishi”
    📅 26–27-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Moliya va bank ishi” kafedrasi, 326-auditoriya.
  11. “Biologiya”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” kafedrasi, 118-auditoriya.
  12. “Kimyo”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi, 207-auditoriya.
  13. “Fizika” hamda “Qurilish muhandisligi”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi, 207-auditoriya.
  14. “Matematika” hamda “Amaliy matematika”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Oliy matematika” kafedrasi, 216-auditoriya.
  15. “Kompyuter injiniringi” hamda “Sun’iy intellekt”
    📅 26-avgust, 09:00–17:00
    📍 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi, 201-auditoriya (Hind markazi).

❗ Hurmatli talabgorlar!
Suhbatda ishtirok etish uchun belgilangan sana va manzilga o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.

📌 Suhbat komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar

  1. Rektor nomiga ariza
  2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda) 4 dona
  3. Bakalavr darajsini olganligi to‘g‘risidagi diplom (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
  4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat; (agar bo‘lsa)
  5. Fotosurat 3,5×4,5 (12 dona)
  6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skoroshivatel)
  7. Konvert A5 formatida

🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim — yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!