Jarayon

16/12/2025

⚡️ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi maʼnaviy-maʼrifiy işlarga masʼul xodimlar uçun 24 soatlik malaka oşiriş ōquv kursi taşkil etildi. Mazkur ōquv maşḡulotlari joriy yilning 15–17-dekabr kunlari Toşkent davlat ōzbek tili va adabiyoti universitetida bōlib ōtmoqda.

🖇 Ōquv kursi doirasida soha mutaxassislari tomonidan “Ōzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, taşkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni samarali taşkil etiş hamda maʼnaviy tarḡibot taʼsirçanligini oşiriş masalalari yuzasidan maʼruzalar va amaliy maşḡulotlar olib borilmoqda. Uşbu malaka oşiriş ōquv kursida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar bōyiça birinçi prorektori A. Mengliboyev ham iştirok etmoqda.