Talabalar milliy kurash bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!
04/05/2026
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan milliy kurash musobaqalarida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham yuqori natijalarni qayd etdi.
Qizg’in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etish barobarida sovrinli o‘rinlarni ham qo‘lga kiritdi.
81 kg vazn toifasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulaxatov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylandi.
66 kg vazn toifasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Asadbek Mohirov 1-o‘rinni egalladi.
Shu vazn toifasida Termiz davlat universiteti talabasi Akobir Qurbonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.