Indoneziyalik mehmonlar “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida

04/05/2026

✨“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tōrtinçi kuni ham mazmunli, rang-barang hamda unutilmas tadbirlarga boy tarzda davom etmoqda. Festival doirasida xorijiy mehmonlar iştirokining ortib borayotgani uning nufuzi va geografiyasi tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi. Turli millat va madaniyat vakillarini bir maydonda jamlayotgan uşbu festival xalqlar ōrtasida dōstlik riştalarini mustahkamlaş, milliy qadriyatlar va boy anʼanalarni tarḡib etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿🇲🇨Bugun festival mehmonlari safida Indoneziyadan taşrif buyurgan delegatsiya ham borligi tadbirga alohida kōrk baḡişladi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev mehmonlarni samimiy kutib olib, ularga vohamizning boy tarixi, betakror madaniy merosi hamda institutda yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Uçraşuv davomida mehmonlar ōzaro madaniy almaşinuvni yanada rivojlantiriş, hamkorlik aloqalarini kengaytiriş borasida fikr almaşdilar.

🌐Mazkur taşrif festivalning xalqaro ahamiyatini yana bir bor namoyon etib, madaniyatlararo muloqotni rivojlantiriş yōlida muhim qadam bōlib xizmat qilmoqda.