⚡️ Termiz şahrida “TalabaExpo-2025” kasb kōrgazmasi bōlib ōtdi. Tadbirda Surxondaryo viloyatining barça oliy taʼlim muassasalari ōz pavilonlarida talabalarning ilmiy-amaliy işlanmalari, innovatsion ḡoya va startaplarini namoyiş qildi. Iş beruvçilar bōş iş ōrinlari haqida maʼlumot berdi, sport musobaqalari va madaniy çiqişlar taşkil etildi.
📌 Nufuzli kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislar yoşlarga kasbiy rivojlaniş bōyiça foydali maslahatlar berdi. Tadbir yoşlarning bilim va kōnikmalarini namoyiş qiliş, orzu-maqsadlarini amalga oşiriş uçun muhim imkoniyatdir. Uşbu jarayonlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol qatnaşdi.