Filologiya fanlari bōyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bōlib ōtdi
05/10/2025
Bugun filologiya fanlari bōyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilişga baḡişlangan Ilmiy kengaş majlisi bōlib ōtdi.
Majlis oflayn hamda ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda taşkil etildi.
Kun tartibida Sodiqova Baxtigul Ibodullayevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bōyiça tayyorlangan “Jon Faulz ijodida postmodernizmning falsafiy va estetik dominantalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi kōrib çiqildi.
Mazkur dissertatsiya işi Sodiqova Baxtigul Ibodullayevnaga filologiya fanlari bōyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun taqdim etilgan.
Himoya jarayoni belgilangan tartibda ōtdi, iştirokçilar mavzu doirasida savol-javoblarda faol qatnaşdilar.