Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida ota-onalar yiḡilişi ōtkazildi

10/03/2026

🏛 Fakultetda talabalar taʼlim-tarbiyasi hamda ōqiş jarayonidagi natijalarni muhokama qiliş maqsadida navbatdagi ota-onalar yiḡilişi taşkil etildi.

⚡️ Yiḡilişda tyutor A.Yuldaşev guruhlari talabalari ota-onalari, fakultet dekani M.Toşboboyev, dekan ōrinbosari A.Ibragimov, professor R.Bozorov hamda tyutorlar iştirok etdilar.

📚 Unda ōquv jarayoni, davomat va faollik, odob-axloq qoidalari, talabalarning TTJ va ijarada yaşaş holati hamda grant taqsimoti masalalari muhokama qilindi. Ota-onalarning savollariga javob berilib, 1-semestr natijalari tahlil qilindi hamda talabalarning ōzlaştirişi va davomatini ota-onalar bilan hamkorlikda nazorat qiliş bōyiça kelişuvga erişildi. Yakunda institutda yaratilgan şart-şaroitlar taniştirildi.