SUMALAK SAYLI VA XALQARO TAŞRIF

04/03/2026

⚡️ 2026-yil — “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yili munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Denov tumanidagi Çuqurqişloq MFY hamkorligida mahallada sumalak sayli taşkil etildi.

🖇 Sumalak sayli azaldan birdamlik, ahillik va baḡrikenglikni tarannum etib kelayotgan bahor ayyomidir. Tadbirda talabalar mahalla ahli bilan hamjihatlikda iştirok etib, milliy sport ōyinlari, lapar va kuy-qōşiqlar orqali bayramona kayfiyat yaratdilar.

📌 Şuningdek, institutga taşrif buyurgan Hindiston delegatsiyasi akademik Nazar Tōrayev uy-muzeyida bōlib, olimning hayoti va ilmiy faoliyati bilan tanişdi hamda sumalak saylida iştirok etdi. Mazkur tadbir dōstlik, madaniy hamkorlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaşga xizmat qildi.