Hindiston delegatsiyasining Hind ōquv markaziga taşrifi
04/03/2026
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga taşrif buyurgan Hindiston delegatsiyasi institut huzuridagi Hind va RIM ōquv markazi faoliyati hamda unda olib borilayotgan taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.
🖇 Taşrif davomida tomonlar ōzaro hamkorlikni yanada kengaytiriş, qōşma loyihalarni amalga oşiriş, akademik almaşinuv dasturlarini yōlga qōyiş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş masalalarini atrofliça muhokama qildilar.
📌 Mazkur uçraşuv ikki mamlakat ōrtasidagi dōstona munosabatlarni mustahkamlaş, taʼlim va ilm-fan sohasida amaliy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.