REKTOR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI

22/04/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti talaba-yoşlarining taklif va muammolarini ōrganiş va ular asosida işlarni tizimli taşkil qiliş maqsadida 4-bosqiç talabalari iştirokida “Rektor va talaba yoşlar uçraşuvi” taşkil qilindi.

✅ Mazkur uçraşuvda bitiruvçi hisoblangan 4-bosqiç talabalarining taʼlimdan keyingi faoliyatlari, Institutimizda yangidan faoliyat boşlagan talabalarni kasbga va xorijiy tillarga ōrgatiş, bitiruvçilarni iş bilan taʼminlaş Karyera markazi hamda u yerda amalga oşirilayotgan işlar haqida sōz olib borildi.

⚡️ Institut rektori O.Ruziyev uçraşuv davomida institutning ōquv-tarbiyaviy faoliyati, yoşlarni ilm-fan, kasb-hunar va tadbirkorlik sohalarida qōllab-quvvatlaş borasidagi rejalari haqida sōzlab ōtdi. Şuningdek, institut maʼmuriyati talaba-yoşlarni ōz iqtidorlarini hamda isteʼdodlarini namoyon qilişlari uçun barça zarur şart-şaroit yaratib berişini taʼkidlab ōtdi. Samimiy tarzda ōtgan uçraşuv davomida yoşlar ōz fikr mulohazalari bilan faol iştirok etdilar.