🏢 DTPIda “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” şiori ostida“Rektor va yoşlar” uçraşuvi bōlib ōtdi. Mazkur uçraşuvda Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 1-kursga qabul qilingan talabalari iştirok etdilar.
⚡️ Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning taʼlim jarayoniga tezkor moslaşuvi, şuningdek, yoşlarni maʼnaviy va ijtimoiy hayotda faol bōlişga undaşdan iborat bōldi.
📌 Uçraşuv davomida institut rahbariyati va professor-ōqituvçilar talabalarga yaratilgan şaroitlar, yangi loyihalar, taʼlim jarayonidagi ustuvor vazifalar haqida atrofliça maʼlumot berdilar. Talabalar esa ōzlarini qiziqtirgan savollarni berib, rektor va mutasaddi rahbarlardan tōḡridan-tōḡri javob oldilar.
🎓 Tadbir jarayonida yoşlarga taʼlim, fan, madaniyat va sport sohalarida erişilayotgan yutuqlar haqida ham sōz yuritildi. Institut rektori talabalarni faol bōlişga, taşabbuskor ḡoyalarni ilgari surişga daʼvat etdi.