Qōşma taʼlim dasturlari kengaymoqda

15/04/2025

🏛 Yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassaslari tajribasini ōrganiş, akademik dasturlar almaşinuvi hozirgi zamon taʼlim siyosatining muhim bōḡinlaridan biridir.

👉 Novosibirsk davlat universiteti Biologiya instituti rahbariyati bilan ōtkazilgan bugungi onlayn uçraşuv ham aynan uşbu masalaga baḡişlandi. Institutimiz Xalqaro aloqalar bōlimi taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur uçraşuvda Biologiya va biotexnoligiyalar kafedrasi professor-ōqituvçilari qatnaşdilar.

❇️ Uşbu ōquv yilida oçilişi kōzda tutilayotgan magistratura bosqiçining umumiy biologiya yōnalişi bōyiça 1+1 qōş diplom loyihasi yuzasidan atrofliça kelişib olindi.

🖊 Uçraşuv qaroriga kōra tomonlar dasturlar bilan tanişib, yaqin kunlarda yagona ōquv dasturi işlab çiqişi va hamkorlik işlarini jadallaştirişi haqida kelişib oldilar.