Maktabgaça taʼlim kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta ōqituvçi
Ōqituvçi
PhD va DSc
Umumiy maʼlumot
“Maktabgaça taʼlim” kafedrasi 2021-yilning 1-aprelidan boşlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining buyruḡiga asosan alohida “Maktabgaça taʼlim” kafedrasi taşkil etilgan.Hozirgi kunda kafedraga M.Naimov rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 16 nafar professor-ōqituvçilar faoliyat yuritadilar, jumladan, 1 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 2 nafar katta ōqituvçi, 7 nafar ōqituvçi va 6 nafar stajyor-ōqituvçilar taşkil etadi.Kafedra ilmiy salohiyati 12 % ni taşkil etadi
Kafedrada 60110200 – Maktabgaça taʼlim bakalavriat taʼlim yōnalişi bōyiça bakalavrlar tayyorlanadi.
Ilmiy faoliyat
“Maktabgaça taʼlim ” kafedrasida “Maktabgaça taʼlim tizimida olib borilayotga islohatlar va yangiliklar” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
“Maktabgaça taʼlim ” kafedrasi jamoasi 2022-2025 yillarda samarali natijalarga erişdi, jumladan, kafedra professor-ōqituvçilari 1 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) diplomiga ega bōlgan.Kafedrada 2 nafar doktarantura, 6 nafar mustaqil izlanuvçi ilmiy işlari bōyiça faoliyat olib bormoqda.
Kafedra professor-ōqituvçilari tomonidan 2 ta darslik, 14 ta ōquv qōllanma va 4 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari tōplamlarida 180 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar naşr etildi.
Xalqaro hamkorliklar
Kafedra professor-ōqituvçilari Tojikiston Respublikasidagi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti bilan taʼlim tizim pedagoglarining malakasini hamda talabalarning Pedagogika faniga bōlgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oşirib kelmoqda. Jumladan, 2025-yilning 1-may-30-may kunlari kafedra professor-ōqituvçilari O.M.Açilov, S.U.Esanova, M.B.Ermatova va B.E.Aliyevalar universitetida malaka oşiriş kursini ōtaşdi.
Kafedra xorijiy mamlakatlar, xususan, Indoneziyaning Pendidikan universiteti S.Ayniy Tojikiston davlat uiversiteti va Turkiya, Rossiya, Belarusiya, Qozoḡiston respublikasi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yōlga qōyilgan.
NAIMOV MUZAFFAR URINOVIÇ
Ilmiy unvon: professor
Qabul kunlari: Duşanba, Çorşanba – 09:00 dan 16:30 gaça
Telefon raqami: +998 91 516 25 05
Elektron poçta: muzaffarnaimov1962@gmail.com
Bolalarni sahnalaştiriş va ijodiy faoliyatga ōrgatiş
Bolalarning ijtimoiy moslaşuvi
Ilk va maktabgaça yoşdagi bolalar pedagogikasi
Rivojlantiruvçi markazlarni taşkil qiliş texnologiyasi
Tasviriy faoliyatga ōrgatiş metodikasi
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni şakllantiriş
Bolalarning musiqiy taʼlimi
Bolalarni maktabga tayyorlaş metodikasi
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni şakllantiriş