📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 321-sonli buyrug’i hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2026-yil 25-avgustdagi 227-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 21-sentabr kuni DTPIda tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida O‘zbek tilidan birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎯 Mazkur olimpiada iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy talabalarga O’zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
✅ Olimpiada Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
🖊 G‘olib talabalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.