OTM va mahalla hamkorligi doirasida ōrtoqlik uçraşuvi

30/10/2025

⚡️ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi jamoasi taşabbusi bilan OTMlar va mahalla hamkorligi doirasida voleybol (qizlar ōrtasida) bōyiça ōrtoqlik uçraşuvi taşkil etildi.

🤝 Musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Termiz davlat pedagogika instituti, Denov tumani “Çuqurqişloq” MFY hamda Boysun tumani “Daştiḡoz” MFY jamoalari faol iştirok etişmoqda.

✅ Mazkur uçraşuv yoşlar ōrtasida soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiliş, ōzaro hamkorlik va dōstlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.