🏛 Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Ōz kelajaging uçun ōzing masʼulsan” mavzusida davra suhbati ōtkazildi.
31/10/2025
✅ Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari bōyiça dekan maslahatçisi P. Normamatova taşabbusi bilan taşkil etildi. Uçraşuvda tarix fanlari doktori, professor D.Yaqubova va iqtisod fanlari bōyiça falsafa doktori N.Eşqobilova iştirok etdilar.
✅ Suhbat davomida insonning hayotdagi ōrni va muvaffaqiyati uning masʼuliyat hissi bilan çambarças boḡliqligi taʼkidlandi. Şuningdek, yoşlar “Men kim bōlaman?”, “Vatanimga qanday foyda keltiraman?” kabi savollarga javob izlaş orqali ōz yōlini topişi zarurligi qayd etildi.
✅ Tadbir yakunida talaba qizlar ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va suhbatdan ijobiy taassurotlar bilan çiqişdi.