O‘qishni ko‘chirish – 2026

25/06/2026

2026/2027-oʻquv yili uchun oʻqishni koʻchirish (perevod) va qayta tiklash jarayonlari boshlandi! 

Hurmatli fuqarolar va talabalar! 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-iyuldagi 292-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, jarayonlarni ochiq, shaffof va qonuniy tashkil etish maqsadida institutimizda ariza qabul qilish hamda ularni koʻrib chiqish jarayonlari boshlanganini ma’lum qilamiz. 

📅 Hujjatlar qabul qilish muddatlari 

Arizalar onlayn shaklda 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 

💻 Arizalar qaysi platformalar orqali qabul qilinadi? 

Hujjatlar topshirish yoʻnalishingizga qarab quyidagi elektron platformalar orqali amalga oshiriladi: 

  1. Respublikadavlat OTMlararo ko‘chirish va qayta tiklash: 

Vazirlikning maxsus platformasi: 🌐 transfer.edu.uz  

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali: 🌐 my.gov.uz 

  1. Xorijiyva nodavlat OTMlardan davlat institutimizga ko‘chirish: 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali: 🌐 my.gov.uz 

Bilim va malakalarni baholash agentligi platformasi: 🌐 my.uzbmb.uz 

Yoki istalgan Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali. 

📞 Konsultatsiya va tezkor aloqa uchun 

Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish hamda tegishli hujjatlardan (akademik ma’lumotnoma, transkript) nusxa olishingizga ko‘maklashish uchun institut Maxsus komissiyasi a’zolari bilan bog‘lanishingiz mumkin: 

  1. Eshniyozov– 📱 +998 99 711 06 80 
  2. Qo‘zimurodov– 📱 +998 91 238 32 52 

🛑 Ko‘chirish bo‘yicha muhim talablar va cheklovlar: 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–58-son Farmoniga muvofiq, boʻysunuvidan qatʼi nazar, bir davlat OTMsidan boshqasiga talabalar oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va tavsiya berish vakolati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilgan. 

2026/2027-oʻquv yili uchun tasdiqlangan klassifikator boʻyicha taʼlim yoʻnalishlarining mosligi yoki turdoshligi institut tomonidan qat’iy tekshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy
taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan toʻlov asosida koʻchirish amalga oshiriladi. 

Turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududga o‘qishni koʻchirishda talaba aynan talabalikka qabul qilingan davrdan soʻng turmush qurganligi inobatga olinadi. 

Maqsadli qabul asosida davlat granti bilan oʻqiyotgan talabalarning oʻqishini koʻchirishga qonunchilikda ruxsat etilmaydi

Topshirilgan hujjatlarning soxtaligi yoki qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, jarayon zudlik bilan to’xtatilib, barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. 

⏱ Ko‘rib chiqish va natijalarni e’lon qilish muddatlari 

Institut vakolati doirasida koʻrib chiqiladigan barcha arizalar joriy yilning 1-sentabriga qadar yakuniy qarorga keltiriladi. 

Natijalar boʻyicha ariza mualliflariga maxsus elektron platforma orqali shaxsiy xabarnoma yuboriladi. 

Barcha jarayonlar Prezidentning PQ-279-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli Nizomi va 2026-yilgi 299-sonli Ma’muriy reglamenti talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 

Institut Maxsus komissiyasi