Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va amaliy imtihon o‘tkazildi
25/06/2026
Bugun Pedagogika fakulteti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tomonidan Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi hamda amaliy imtihon jarayonlari o‘tkazildi. Talabalar o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini taqdim etish bilan birga, mutaxassislik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini ham namoyish etdilar.
Jarayon yakunida bitiruvchilarning nazariy bilimlari va amaliy tayyorgarligi baholanib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.