Noyob tarixiy topilma

22/05/2026

📍Denov şahri Bahoriston mahallasida, sobiq dehqon bozori hududida barpo etilayotgan “Denov Mall” savdo majmuasi quriliş işlari davomida yana bir qator noyob tarixiy topilmalar aniqlandi.

Quriliş maydonidan topilgan qadimiy kōzalar va boşqa tarixiy aşyolar hududning boy tarixiy-madaniy merosga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.



🔎 Mazkur topilmalar
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadqiqotçilari R. Xudoyberdiyev hamda J. Jonqobilov tomonidan olib kelinib, institut huzuridagi Çaḡoniyon muzeyiga topşirildi. Hozirda uşbu tarixiy aşyolar mutaxassislar tomonidan dastlabki ōrganiş va ilmiy tahlil jarayonidan ōtkazilmoqda.

🏺 Topilmalar orasidagi qadimiy sopol kōzalar ōzining şakli, bezak uslubi hamda yaxşi saqlanganligi bilan alohida eʼtibor uyḡotmoqda.
Mutaxassislar fikriga kōra, uşbu aşyolar Denov vohasining qadimiy madaniy hayoti, hunarmandçiligi va savdo aloqalarini ōrganişda muhim ilmiy manba bōlib xizmat qilişi mumkin.

📚 Ayni paytda topilmalarning tarixiy davri, kelib çiqişi hamda madaniy ahamiyatini aniqlaş yuzasidan ilmiy izlanişlar davom ettirilmoqda.

✨ Bu kabi noyob topilmalar Denov hududi qadimdan yuksak madaniyat va sivilizatsiya markazlaridan biri bōlganini yana bir bor namoyon etadi.