Mōḡulistonlik yoşlarining Ōzbekiston oliygohlarida taʼlim olişi kengaytiriladi
25/06/2025
Xabaringiz bor, Prezident Şavkat Mirziyoyev Mōḡulistonga davlat taşrifini amalga oşirdi. Ulan-Bator şahrida ōtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Mōḡuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli şeriklik munosabatlarini ōrnatiş tōḡrisidagi qōşma deklaratsiyani imzoladilar (https://president.uz/uz/lists/view/8260).
Şuningdek, Prezidentlar huzurida ōsimliklar karantini va himoyasi, oliy taʼlim, toḡ-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jinoyatçilikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş, soḡliqni saqlaş va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik tōḡrisidagi bitimlar ham imzolandi.
Mōḡuliston Davlat saroyida ikki davlat rahbarining tor doiradagi muzokaralari çoḡida ham oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida tōxtalib ōtildi. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev ajratilayotgan kvotalar doirasida mōḡulistonlik yoşlarning Ōzbekistondagi yetakçi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olişini qayta yōlga qōyişga tayyorligini bildirdi.
Erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlarni ōz vaqtida va sifatli amalga oşiriş uçun ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli “yōl xaritasi” qabul qilinişi taʼkidlandi.