🏛 DTPI rektori O.Ruziyev Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yōnalişi talabalariga “Xavfsiz hayot” mavzusida “Kelajak soati” darsini taşkil etdi.
🗣 Talabalarda xavfsizlik va soḡlom ijtimoiy munosabatlar uçun şaxsiy çegaralarning ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qiliş, ōzlari va boşqalar uçun hurmatga asoslangan muhit yaratiş kōnikmalarini şakllantiriş.
🔰 Asosiy ḡoyalar: Şaxsiy xavfsizlik – bu insonning jismoniy, hissiy va psixologik soḡligini va hayot sifatini belgilovçi kōrinmas çiziqlar bōlib, ular şaxsning hayotini, erkinligini va içki osoyiştaligini saqlaşga xizmat qiladi.
📌 Şaxsiy xavfsizlik haqida qayḡuriş soḡlom fikr, ōzaro işonç va hurmatni taʼminlaydi. Ōz xavfsizligi haqida qayḡuriş – bu ōzini qadrlaş, ōz huquqlarini biliş va boşqalarning ham huquqlariga hurmat bilan yondaşişning ajralmas qismidir.
🔹 Barça guruhlarda “Xavfsiz hayot” mavzusida “Kelajak soati” taşkil etildi.