Hokim va talaba yoşlar uçraşuvi

07/11/2025

Bugun Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamrohligida Iqtisodiyot yōnalişi 3-kurs talabalari bilan “Hokim va talaba yoşlar uçraşuvi”da iştirok etdi.

Uçraşuv institutimiz yoşlari bilan samimiy suhbat asnosida ōtdi. Tuman hokimi viloyatda ōz ōrniga ega bōlgan Denov tumani hududida amalga oşirilayotgan işlarga, institut va bu erda taʼlim olayotgan talabalarga yaratilayotgan qulayliklarga tōxtaldi.

Talabalar bilan kreativ fikrlaşni rivojlantiriş, ilmiy izlanişlarga faol kirişiş hamda raqobatbardoş mutaxassis bōliş borasida oçiq muloqot olib bordi.

Uçraşuv oçiq va samimiy ruhda ōtib, talabalarining kelajak rejalari, kasbiy rivojlaniş yōnalişlari hamda sunʼiy intellekt sohasida ōz ōrnini topiş bōyiça motivatsiyasini oşirişga xizmat qildi.