🎓 2026–2027 o‘quv yili uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Magistratura kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotalari rasman tasdiqlandi.
📌 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 160 ta qabul o‘rni ajratildi. Shundan: 🎓 72 ta — davlat granti 📚 88 ta — to‘lov-kontrakt
📋 Qabul quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amalga oshiriladi:
• Pedagogika • Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) • Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) • O‘zbek tili va adabiyoti • Ona tili va adabiyoti: rus tili • Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili • Tarix • Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti • Iqtisodiyot • Buxgalteriya hisobi • Moliya • Biznesni boshqarish (MBA) • Biologiya • Kimyo • Fizika • Matematika
📌 Har bir mutaxassislik bo‘yicha grant va kontrakt o‘rinlari tasdiqlangan kvotalarga muvofiq taqsimlangan.
🎯 Magistraturada tahsil olishni rejalashtirayotgan barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz