Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qabulning bir kuni…

18/07/2026

Har bir kun yangi orzular, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar bilan boshlanadi. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qabul jarayoni ham aynan shunday hayajonli lahzalarga boy.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari institutga katta umidlar bilan tashrif buyurib, mutaxassislar tomonidan samimiy kutib olinmoqda. Qabul komissiyasi xodimlari hujjatlarni rasmiylashtirish, yo’nalish tanlash va barcha savollarga batafsil javob berishda amaliy yordam ko’rsatmoqda.

Kelajagingizni ishonchli ta’lim bilan boshlashni istasangiz, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti sizni kutmoqda. 

Bugungi tanlovingiz — ertangi muvaffaqiyatingizning mustahkam poydevoridir.