“KREDIT HAFTALIGI” DAVOM ETMOQDA

12/09/2026

🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari ishtirokida “Kredit haftaligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot-tushuntirish mashg‘uloti o‘tkazildi.

💻 Mashg‘ulot davomida fakultet O‘.I.B.D. o‘rinbosari X.Xurramov tomonidan talabalarga oliy ta’lim jarayonining muhim jihatlari batafsil tushuntirildi.

📌 Xususan, HEMIS elektron ta’lim tizimidan foydalanish tartibi, o‘quv dasturlari va fanlarning mazmuni, kreditlarni o‘zlashtirish jarayoni, baholash mezonlari hamda talabaning akademik faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎓 Shuningdek, ta’lim grantlarini taqsimlash, talabalarning semestr davomida erishgan akademik natijalari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim jarayonidagi faolligi yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.

💡 Mazkur mashg‘ulotlar 1-kurs talabalarining kredit-modul tizimi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.