Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion ḡoya” respublika tanlovini ōtkaziş tartibi tōḡrisida”gi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga asosan Respublika bosqiçi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan 10 ta yōnaliş bōyiça loyihalar tanlovi ōtkaziladi.
1. Raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt 2. Moliyaviy texnologiyalar 3. Qişloq xōjaligi texnologiyalari 4. Kiberxavfsizlik 5. Soḡliqni saqlaş 6. Farmatsevtika 7. Mudofaa va xavfsizlik 8. Energiya tejamkorligi 9. Suv xōjaligi texnologiyalari 10. Taʼlim va ilm-fan
⭐️ Tanlovda innovatsion ḡoyalar saralaş va tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:
➖ innovatsion ḡoyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgaça; ➖ innovatsion ḡoyaning dolzarbligi – 20 ballgaça; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgaça; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgaça; ➖ innovatsion ḡoyani amalga oşirişdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgaça.
📅 Hujjatlarni qabul qiliş muddati: 2026-yil 10-sentyabrdan 10-oktyabrgaça
🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralaş komissiyasi nomiga ariza beriş orqali faqatgina bitta innovatsion ḡoya bilan iştirok etadi.
💸 Tanlovning 1-bosqiçida ḡoliblar quyidagi miqdorda grant mablaḡlari bilan taqdirlanadi:
▪️ 1-ōrin uçun – 50 mln sōm; ▪️ 2-ōrin uçun – 30 mln sōm; ▪️ 3-ōrin uçun – 20 mln sōm.
✉️ Tanlovning respublika bosqiçida ḡolib deb topilgan innovatsion ḡoyalar Agentlik, talabgor va taşkilot ōrtasida tuziladigan şartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalaştiriladi:
▫️ 1-ōrin uçun – 500 mln sōm; ▫️ 2-ōrin uçun – 300 mln sōm; ▫️ 3-ōrin uçun – 200 mln sōm.