Kelajak sari muhim qadam — ma’rifat va birlikdan boshlanadi!

08/09/2026

📚 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Darslar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusiga bag‘ishlanib, mashg’ulotlar Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, hamjihatlik va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🎓 Mashg‘ulotlar davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda mustaqil fikrlash, fuqarolik mas’uliyati va kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.