Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda yurtimizning tarixiy va ziyorat maskanlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Pedagogika fakulteti 3–4-sonli TTJ talabalari uchun sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarori 16-bandi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.
Sayohatga Pedagogika fakulteti 3–4-sonli TTJ tarbiyachi-pedagogi E.To‘rayev hamda uchastka noziri O.G‘ulomov boshchilik qildilar.
Talabalar yurtimizning go‘zal maskanlaridan biri bo‘lgan Sangardak ziyoratgohiga tashrif buyurib, maroqli hordiq chiqardilar.