DTPI TALABASI — JAHON KUBOGI G‘OLIBI!

19/10/2026

🇺🇿 O‘zbekiston sporti yana bir yutuq bilan!
2026-yil 13–18-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan WAKO Jahon kubogi — Uzbekistan Kickboxing World Cup 2026 xalqaro musobaqasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jismoniy madaniyat yoʻnalishi 1-bosqich 13jm-26-guruh talabasi Turdiyeva Jasmina Erkin qizi yuksak mahorat va matonat namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥇🏆

🔥 Dunyoning kuchli kikbokschilari ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqadagi g‘alaba talabaning tinimsiz mehnati, qat’iyati va sportga bo‘lgan fidoyiligining yorqin namunasidir.

👏 Turdiyeva Jasminani Erkin qizi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐 Kelgusidagi musobaqalarda ham omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar yor bo‘lsin!

DTPI faxri — Jasmina! Yangi marralar sari olg‘a! 🇺🇿🔥