Jarayon

01/06/2026

Filologiya fakultetida may oyi kengash yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda fakultet dekani M.Musurmankulova, kafedra mudirlari tyutorlar, mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Kengash davomida 2025–2026 o‘quv yilining yakuniy imtihonlarini yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Talabalarning imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishlari shuningdek, o‘quv yili yakunlangach, talabalarni o‘z yashash manzillariga xavfsiz va tartibli ravishda kuzatish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.