AZIZ YURTDOSHLAR, QADRLI USTOZLAR VA TALABA-YOSHLAR!
27/05/2026
⚡️Sizlarni milliy va diniy qadriyatlarimizning ajralmas qismi, ezgulik va insonparvarlik ayyomi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Qurbon hayiti insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, qalblarga mehr, muruvvat va shukronalik tuyg‘ularini singdiradigan ulug‘ bayramdir.
🔰 Bu qutlug‘ ayyom xalqimizning asriy an’ana va urf-odatlarini, milliy hamda ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgani bilan yanada ahamiyatlidir. Ayniqsa, yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, nuroniylar holidan xabar olish, yaqinlarga mehr ulashish kabi savobli amallar xalqimizga xos oliyjanoblik fazilatlarini namoyon etadi. Shu munosabat bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi va talaba yoshlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman.
🖇 Muborak Qurbon hayiti kunlarida har bir xonadonga fayz-u baraka, quvonch va totuvlik kirib borsin. Yaratgan ezgu duolaringizni qabul aylab, oilalaringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va qut-baraka ato etsin. Yana bir bor barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman! Hurmat bilan, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev