Jarayon

07/12/2025

⚡️6-dekabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zōravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” oyligi doirasida talaba qizlar iştirokida “Yoşlar zōravonlikka qarşi” mavzusida davra suhbati ōtkazildi.

🖇 Tadbirda institut Xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi N. Xasanova, prorektor A. Mengliboyev, Denov tuman Fuqarolik sudi raisi B. Mustafoyev, sudyalar S. Panjiyev va Ç. Aralov, şuningdek, tuman iqtisodiy sudi sudyasi M. Mamayusupov iştirok etdi. Ular ōz çiqişlarida yoşlar orasida zōravonlikning oldini oliş, soḡlom ijtimoiy muhitni şakllantiriş, yoşlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoyalaş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini taʼkidladilar.

📌 Tadbir davomida Ōzbekistonda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlaşga oid qonunçilik asoslari, zōravonlikning turlari hamda jabrlangan holatda murojaat etiladigan masʼul taşkilotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.