Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida rektor va magistrlar uçraşuvi bōlib ōtdi
07/12/2025
⚡️Institut rektori Ruziyev Oybek Abdumōminoviç boşçiligida magistrlar bilan navbatdagi oçiq muloqot ōtkazildi. Unda magistrlik dissertatsiyalarining tayyorlanişi, ilmiy rahbarlar faoliyati, institut jurnaliga maqola tayyorlaş talablari, tanlovlarda iştirok etiş hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi biznes ḡoyalar muhokama qilindi.
📌 Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida ham batafsil maʼlumot berildi. Magistrlar savollariga rektor tomonidan atrofliça javoblar qaytarildi.
🔹Uçraşuv davomida kimyo yōnalişi 1-kurs magistranti tomonidan bildirilgan işga joylaşiş masalasi kōrib çiqilib, rektor taşabbusi bilan Dilafrōz Abduganiyeva Denov tumanidagi 81-maktabga işga joylaştirildi.
🔸 Tadbir sōngida rektor va magistrlar institutning Karyera markazi, issiqxona majmuasi hamda Axborot-resurs markazi bilan tanişdilar.